Вторник, 20 Февраль 2024 08:43

Transport prokurori tashrifi xususida

Written by
Rate this item
(0 votes)

                Joriy yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori I.Narimov boshchiligida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Strategik rivojlanish, sanoat faoliyatini tashkil etish va mehnat muhofazasi boshqarmasi boshlig‘i – bosh menedjer-bosh muhandis o‘rinbosari B.A.Baymanov va boshqa mas’ullar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi PQ-329 sonli “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, temir yo‘l transporti sohasini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi bilan yaqindan tanishish maqsadida “Quyuv-mexanika zavodi” AJga tashrif buyurishdi. “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi K.T.Rashidov va boshqaruv a’zolari tashrif buyurganlarga jamiyatning joriy ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulotlar qatori, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, mavjud dastgohlar parkini modernizatsiya qilish, sohani raqamlashtirish va yangi texnologik jarayonlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, yangi yuk vagonlarini ishlab chiqarish holati bo‘yicha ma’lumot berildi.





Read 142 times Last modified on Вторник, 20 Февраль 2024 09:17

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.