Четверг, 22 Февраль 2024 08:28

Toshkent davlat transport universitetida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Written by
Rate this item
(0 votes)


    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2024 yil 31 yanvardagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 76-N-sonli buyrug‘i ijrosini taminlash maqsadida “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi Kamoliddin Rashidov boshchiligidagi Personallarni boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.H.Rahmonov va Yoshlar yetakchisi B.X.Sindorovlar Toshkent davlat transport universitetining yuqori bosqich talabalari bilan uchrashuvda ishtirok etishdi.

    “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgan tadbirda, dastlab, K.T.Rashidov so‘zga chiqib, “Quyuv-mexanika zavodi” AJning bugungi kunda jamiyatimizda egallab turgan o‘rni va davlatimiz rivojiga qo‘shayotgan hissasi, raqamlashtirish va quvvatlarni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, jamiyatda joriy qilinayotgan yangi texnika va texnologiyalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar xususida talabalarga ma’lumot berdi.

    Uchrashuvning keyingi qismida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga korxona va tashkilotlar rahbarlaridan javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. So‘ngra yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishgan va universitetning ijtimoiy hayotida faol bo‘lgan bir guruh talabalarga tarmoq korxona va tashkilotlarining qimmatbaho sovg‘alari taqdim etildi. Shuningdek, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ boshqaruv raisi K.T.Rashidovga Toshkent davlat transport universiteti talabalarini ishga jalb qilish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha yaqindan hamkorligi uchun universitet rektorining tashakkurnomasi taqdim etildi.

Read 665 times

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.