Вторник, 20 Февраль 2024 09:19

“Navoiy – mangu barhayot” va “Bobur – tarixshunos va davlat arbobi” mavzusidagi davra suhbati

Written by
Rate this item
(0 votes)

    16 fevral kuni «Quyuv-mexanika zavodi» AJ faollar zalida Buyuk shoir va mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Navoiy – mangu barhayot” hamda “Bobur – tarixshunos va davlat arbobi” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirga mehmon sifatida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Respublikasi Senati a’zosi Mahmud Toir, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa Lola Eltoyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa Dilnoza Kubayevalar ishtirok etishdi. Dastlab Iqtisod va korporativ bo‘yicha direktor S.A.Xolboyev va Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi U.M.Kaxxarovlar so‘zga chiqib, “Quyuv-mexanika zavodi” AJ mehnat jamoasini buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning 583 va 541 yillik tavallud ayyomlari bilan muborakbod etdi hamda ushbu ikki buyuk siymolarning xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan katta o‘rni xususida ma’ruza qilishdi. So‘ngga tadbir mehmonlari so‘zga chiqib, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburlarning o‘zbek xalqining ma’naviy va ma’rifiy hayotidagi ulkan o‘rni, ular yaratgan asarlar nafaqat o‘zbek xalqining balki butun bashariyat uchun birdek qadrli ekanini ta’kidladilar, shuningdek, o‘zbek tilining naqadar boyligi, kelajak avlod tarbiyasida tilimizning ahamiyati to‘g‘risida fikr bildirdilar. Elimizning suyukli aktrisalari tomonidan sahna asarlaridan parchalar ijro etildi. Davra suhbati ko‘tarinki ruhda savol-javoblarga boy o‘tdi.


Read 168 times Last modified on Вторник, 20 Февраль 2024 09:22

Leave a comment

Make sure you enter all the required information, indicated by an asterisk (*). HTML code is not allowed.